Skip to content

Tez-tez so'raladigan savollar ​

Umumiy savollar ​

Utel qanday tizim? ​

Utel — bu bulut asosidagi IP-telefoniya tizimi bo'lib, biznesingiz uchun professional call-markaz tashkil etishga yordam beradi. Qo'ng'iroqlarni boshqarish, yo'naltirish, yozib olish va statistikani ko'rish imkonini beradi.

Utel qaysi qurilmalar bilan ishlaydi? ​

Utel SIP protokolini qo'llab-quvvatlovchi istalgan qurilma bilan ishlaydi:

  • IP-telefonlar: Yealink, Fanvil, Grandstream va boshqalar
  • Softphone ilovalar: Zoiper, Bria, MicroSIP (kompyuter uchun)
  • Mobil ilovalar: Zoiper, Bria (iOS/Android)
  • WebRTC: Brauzer orqali to'g'ridan-to'g'ri

Internet uzilib qolsa nima bo'ladi? ​

Tizim virtual serverda ishlaydi. Internet uzilib qolsa, server ishlashda davom etadi. Faqat qurilmalar (IP-telefonlar) serverga ulana olmaydi. Internet tiklanganida qurilmalar avtomatik qayta ulanadi.

Ma'lumotlarim xavfsizmi? ​

Har bir mijozga alohida virtual server ajratiladi — boshqa mijozlarning ma'lumotlari bilan hech qanday aloqa bo'lmaydi. Barcha ulanishlar shifrlangan protokollar orqali amalga oshiriladi.


Foydalanuvchilar va ulanish ​

Yangi foydalanuvchi qanday qo'shiladi? ​

Utel shahsiy kabinetingiz orqali "Virtual ATS" menyusining "Kiruvchi qo'ng'iroqlar" sahifasi orqali "Xodim" qo'shish bo'limiga o'tib, yangi foydalanuvchi yaratiladi. Yaratishda modul raqami (masalan: 101), nom va parol kiritiladi. Ushbu ma'lumotlar IP-telefon yoki softphone ga kiritiladi.

SIP ulanish ma'lumotlari qanday? ​

IP-telefon yoki softphone da quyidagilarni kiriting:

  • Server (Domain/Host): Sizning Utel domeningiz (masalan: cc999.utel.uz)
  • Username: Modul raqami (masalan: 101)
  • Password: Yaratishda belgilangan parol
  • Port: 5060 (SIP, odatda port berilmagan holatda ip telefonlar va softphone ilovalari default port sifatida 5060 portni qabul qiladi)

Bir xil ichki raqamga bir nechta qurilma ulansa bo'ladimi? ​

Yo'q, bir modulga bir nechta qurilma ulanishi mumkin emas. Bunday holatda eng ohirgi ulangan qurilma qo'ng'iroqlarni qabul qila oladi.

Foydalanuvchi offline ko'rinmoqda, nima qilish kerak? ​

  1. IP-telefon yoki softphone dagi SIP sozlamalarni tekshiring (server, username, password)
  2. Internet ulanishini tekshiring
  3. SIP porti (5060) himoya devori (firewall) da bloklanmagan ekanligini tekshiring (UDP va TCP)

Qo'ng'iroqlarni boshqarish ​

Qo'ng'iroqni boshqa raqamga yo'naltirish qanday sozlanadi? ​

Foydalanuvchi yo'naltirish (Redirection): Foydalanuvchi sozlamalarida 1–3 bosqichli yo'naltirish sozlanadi. Har bir bosqich uchun kechikish (soniya) va yo'naltirish manzili ko'rsatiladi.

IVR yo'naltirish: IVR da har bir tugmacha uchun yo'naltirish sozlanadi.

IVR audio fayl qanday formatda bo'lishi kerak? ​

Tizim mp3 formatini qabul qiladi. Maksimal fayl hajmi — 20 MB.

Qo'ng'iroqlar yozib olinadi? ​

Ha, barcha qo'ng'iroqlar avtomatik yozib olinadi. Yozuvlar "Qo'ng'iroqlar tarixi" bo'limida mavjud va yuklab olish mumkin. Audio fayllar serverda saqlanadi.

Ish vaqtidan tashqari qo'ng'iroqlar nima bo'ladi? ​

Ish vaqti modulida ish kunlari va vaqtlari sozlanganda, ish vaqtidan tashqarida kelgan qo'ng'iroqlar belgilangan modulga (masalan, Voicemail yoki IVR) yo'naltiriladi.


Queue (Navbat) ​

Mijoz o'zi telefon qo'yib qo'ysa, navbatdan chiqadi. Operator tomonida — navbatdagi qo'ng'iroqni majburiy tugatish admin panel orqali amalga oshirilmaydi.

Queue sozlamalarida audio yuklash imkoniyati mavjud. mp3 formatini qabul qilinadi. Maksimal fayl hajmi — 20 MB.


Integratsiyalar ​

AmoCRM bilan ulanish uchun nima kerak? ​

  1. AmoCRM saytidan ro'yhatdan o'tgan bo'lishingiz va saytda signed in holatida bo'lishingiz kerak.
  2. Utel akkountingizdagi Integratsiyalar menyusining AmoCRM sahifasida "AmoCRM ga ulanish" tugamasini bosishingiz kerak.

Batafsil: AmoCRM integratsiyasi

Bitrix24 bilan ulanish uchun nima kerak? ​

  1. Bitrix24 marketplace dan Utel ilovasini o'rnatish
  2. Utel tizimida OAuth orqali ulanish
  3. Foydalanuvchilarni sozlash

Batafsil: Bitrix24 integratsiyasi

Webhook ma'lumotlari nima formatda yuboriladi? ​

Barcha webhook hodisalari POST metodi orqali Content-Type: application/json header bilan JSON formatida yuboriladi. Batafsil: Webhook integratsiyasi


Texnik savollar ​

API token qancha vaqt amal qiladi? ​

API access_token muddatsiz bo'lib, faqat logout qilinganida yoki parol o'zgartirilganida bekor bo'ladi.

API da sahifalash qanday ishlaydi? ​

Sahifalash qo'llab-quvvatlaydigan endpointlar (masalan, call-history) per_page va page parametrlarini qabul qiladi. Javob data, links va meta qismlaridan iborat bo'ladi. Batafsil: Call history

Modul (kengaytma) raqamlar nima uchun diapazonga bo'lingan? ​

Har bir modul (IVR, Guruh, Queue va boshqalar) o'z diapazoni bilan ishlaydi, bu Utel tizimida to'qnashuvlarni oldini oladi. To'liq modul diapazonlar ro'yxati: ExtensionRangeList

API xatolik kodlari qanday? ​

  • 401 — Token yo'q yoki noto'g'ri. Auth bo'limini ko'ring
  • 422 — Validation xatoligi. Request body ni tekshiring
  • 402 — Tarif cheklovi. Foydalanuvchilar soni limitga yetgan
  • 500 — Server xatoligi. Texnik yordam bilan bog'laning

Batafsil: API xatoliklar