Skip to content

Tashqi raqam (Trunk, SIP raqam) ​

Trunk — bu Utel tizimini tashqi telefon tarmoqlariga (mobil operator, PSTN, boshqa ATS) ulash uchun ishlatiladigan SIP ulanish. Trunk orqali boshqa tashqi raqamlarga qo'ng'iroq qilish va tashqi raqamlardan qo'ng'iroq qabul qilish mumkin.

Misol: +998 55 123 45 67 raqami Utel tizimiga trunk sifatida ulangan. Ushbu raqamga tashqaridan qo'ng'iroq kelganda, u avtomatik ravishda belgilangan modulga (IVR, Queue, foydalanuvchi) yo'naltiriladi.

Trunklarni qanday olish mumkin? ​

Utel sip trunk taklif etmaydi, balki sip trunklar uchun xizmat qiladi (boshqaradi, yo'naltiradi va foydalanadi). O'zbekistion hududida sip trunklarni quyidagi tashkilotlardan xarid qilish mumkin:

Asosiy tushunchalar ​

AtamaIzoh
Raqam (number)Trunk identifikatori — odatda tashqi telefon raqami (masalan: 998551234567)
Nom (title)Trunkni tanishtiruvchi matn (masalan: "Asosiy raqam")
SIP server (server)Operator taqdim etgan SIP server manzili (masalan: sip.provider.uz yoki ip manzil)
Login (login)SIP autentifikatsiya uchun login
Parol (password)SIP autentifikatsiya uchun parol
Registratsiya talab qilish (registrable)Trunk SIP serverda ro'yxatdan o'tishi kerakmi
Kiruvchi yo'naltirish (output)Tashqaridan kelgan qo'ng'iroq yo'naltiriluvchi modul raqami

Holat (Status) ​

Trunk ulanishi quyidagi holatlarda bo'lishi mumkin:

HolatIzoh
RegisteredTrunk SIP serverda muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tgan va faol
UnregisteredTrunk ro'yxatdan o'tmagan yoki ulanishi uzilgan
reachable: trueTrunk SIP server bilan bog'lanish o'rnatilgan
reachable: falseTrunk SIP server bilan bog'lanish yo'q

Diqqat

registrable: false bo'lsa, trunk SIP serverda ro'yxatdan o'tmaydi. Bu holat odatda IP-IP ulanishlarida (whitelist asosida) ishlatiladi.

Kiruvchi qo'ng'iroqlarni yo'naltirish ​

Tashqaridan kelgan qo'ng'iroq output maydonida ko'rsatilgan modul raqamiga yo'naltiriladi. output sifatida istalgan modul raqami ishlatilishi mumkin:

ModulRaqam diapazoni
Foydalanuvchi100 – 4999
IVR5000 – 5199
Guruh5200 – 5399
Queue5400 – 5599
Ish vaqti5600 – 5799
Voicemail5800 – 5999
Smart Redirect6000 – 6199

TIP

Ko'p hollarda kiruvchi qo'ng'iroqlar avval IVR yoki Ish vaqti moduliga yo'naltiriladi.